Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grant mablag‘lari hisobidan sport anjomlari topshirildi
11:26 / 2025-09-12

Xalqaro, Osiyo va O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyalarining grant mablag‘lari hisobidan Orolbo‘yi hududidagi sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash loyihasi amalga oshirildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek moddiy bazani mustahkamlash, sportchilarni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu tashabbusning maqsadi og‘ir atletika sportchilarini tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Xususan, xalqaro va O‘zbekiston og‘ir atletika sport federatsiyalari hisobidan 50 ming 930 AQSH dollari miqdorida og‘ir atletika uchun zarur bo‘lgan anjomlar, kiyim-kechaklar olib kelinib, Taxiatosh, Beruniy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Shumanay va Amudaryo tumanlaridagi sport maktablariga tarqatildi. Bu esa o‘z navbatida mahalliy sportchilarga zamonaviy uskunalarda mashg‘ulotlar o‘tkazib, jahon maydonlarida natijalarini oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabiga regbi sport turi uchun grant mablag‘lari hisobidan yangi sport anjomlari olib kelindi. Jumladan xalqaro regbi federatsiyasi tomonidan maktabga 11 ming 453 AQSH dollari miqdorida 200 dona to‘p yetkazib berildi. Ushbu anjomlar mashg‘ulot jarayonini yaxshilash, sportchilarni tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish va hududda regbi sport turini yanada ommaviylashtirishga yordam beradi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri