Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grant loyihasi doirasida bandligi ta’minlandi (+video)
18:16 / 2025-09-19

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Buxoro bo‘linmasi tomonidan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashish” nomli grant tanlovida ishtirok etish bo‘yicha e’lon berilgan edi. Ushbu tanlov asosida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi viloyati filial “Buxoro tumani Bog‘dasht hamda Romitan tumani Bog‘cha mahallalaridagi aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish” mavzusida g‘olib deb topilib, sertifikatni hamda loyihani amalga oshirish uchun 60 million so‘m grant mablag‘i qo‘lga kiritilgandi.

Tanlov asosida Buxoro tumani “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, tarbiyasida nogiron farzandi bo‘lgan fuqaro Shoxida Tashevaning bandligini ta’minlash hamda go‘zallik saloni ochish uchun zarur jihozlarni olib berish maqsadida hududda joylashgan ta’mirtalab binoning hajmi 15 kv.m bo‘lgan bir xonasi kapital ta’mirlanib, zarur barcha turdagi mebel va jihozlar  olib berildi.

[gallery-25374]

– O‘zim “Ayollar daftari”da turaman, hech qayerda ishlamasdim, – deydi Shoxida Tasheva. – Qo‘limda hunarim bo‘la turib imkoniyatim yo‘q edi. Mahallamiz orqali tuman Kengashi deputati mazkur muammoni Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Buxoro bo‘linmasi orqali yechilishiga ko‘maklashdi. Fond tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga bugun zamonaviy “Go‘zallik saloni”ga ega bo‘ldim. Davlat rahbari tashabbusi bilan biz ijtimoiy kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berilganidan xursandman. 

Shuningdek, mazkur loyiha doirasida Romitan tumani “Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, yurish imkoniyati cheklangan 1-guruh nogironi fuqaro Akmal Azimovga o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida 1 dona so‘nggi avloddagi noutbuk olib berildi. 

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining asosiy maqsadi viloyatning chekka hududlarida tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘paytirib, fuqarolarni  o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligini ta’minlash hamda daromadini oshirishdan iborat.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JfOZIGbyTmg" title="Grant loyihasi doirasida bandligi ta’minlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.