French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grafika uslubida ijod qiluvchi rassom ko‘rgazmasi
14:39 / 2025-11-06

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Ulug‘bek Muhammadovning "Chiziqdan ranggacha” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ulug‘bek Muhammadov 1984 yilda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tug‘ilgan.

1998-2000 yillar Navoiy viloyati Uchtut nafis san’at litsey-internatida o‘qigan. 2001-2006 yillarda esa K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi.

Rassomning asarlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, Germaniya, AQSH, Chexiya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Yaponiya, Qozog‘iston kabi davlatlardagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelinadi.  

Tadbirda qayd etilganidek, rassomning birinchi chizgan rasmi dengiz qiyofasi bo‘lgan. Rassom ijodi o‘zgalardan ancha farq qiladi. U asosan grafika uslubida ijod qiladi. Grafika rassom uchun juda qulay. U ko‘p ranglardan foydalanish rassomni chalg‘itadi, deb hisoblaydi. “Bahor” asarida gilam orqasida gullagan olxo‘ri daraxtini tasvirlagan.  

Rassom qishloq hayotiga juda mehr qo‘ygan. Shu bois ham oddiylik va samimiylik unga juda yaqin. Asarlarda hech kim nazari tushmagan joylarni va mavzularni topishga harakat qiladi. Eski obidalarni tasvirlashni yaxshi ko‘radi.

Ko‘rgazma joriy yilning 16 noyabrigacha davom etadi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA