Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ozg‘onda «Iste’molchilar uyi» kompleksi tashkil qilinadi
14:37 / 2021-06-09

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov Navoiy viloyatidagi xizmat safari davomida G‘ozg‘on shahar hokimi Azim Bozorov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shaharda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan rejalar xususida fikr almashilib, federatsiyaning G‘ozg‘on shahar jamiyatini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, «Iste’molchilar uyi» loyihasi doirasida shaharda «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksi qurilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

«Iste’molchilar uyi»da fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi va aholining iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida «Iste’molchi kutubxonasi» faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, «Iste’molchilar uyi»da «Fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat» birligini mustahkamlash maqsadida fuqaro murojaatlari bilan ishlashning «mahallabay» tizimini joriy etishga qaratilgan «Huquqiy maslahat» markazi ham tashkil etiladi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA