Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zalxon Nurmuhammedova: qizlar o‘qishi tanlov emas, majburiyat bo‘lishi kerak! (+video)
09:18 / 2026-01-14

“O‘zbegoyim”

Harbiylik o‘z nomi bilan ham mas’uliyatli, ham mashaqqatli kasb. Bu soha o‘z qahramonlaridan metin iroda, kuch-qudrat, mas’uliyat va chidamlilik talab qiladi. Yurtimizda ushbu soha rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Ayniqsa harbiy oliy o‘quv yurtlariga xotin-qizlarimizning ham qabul qilinishi, ularning ushbu soha yo‘nalishida har tomonlama yetuk kadr bo‘lib shakllanishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda.

"O‘zbegoyim" loyihasining 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan sonida Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi, harbiy olima, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Go‘zalxon Nurmuhammedova bilan ayol kishi uchun harbiy hayotning mashaqqatli va sharafli onlari haqida batafsil suhbatlashdik.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WVsVUijlz-U?si=CYPJSFlgTuO2jSm2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA