Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Go‘zallik ko‘chat ekishdan boshlanadi (+video)
16:43 / 2026-02-27

Toshloq tumanida jami 104 gektar o‘zlashtirilmagan, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz yer borligi aniqlandi. Shu toifadagi "Yuqori qishloq" mahalla fuqarolar yig‘ini Qal’acha qishlog‘ida joylashgan 25 gektar maydondagi hudud chiqindilardan tozalandi, yer maydoni tekislandi, toshlar yig‘ishtirilib, tuproq yumshatildi va ko‘chat ekish uchun yaroqli holatga keltirildi.

Bugun shu yerda “Yashil makon – kelajakka qoldirilgan eng go‘zal meros” shiori ostida keng ko‘lamli daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan tashkilotchilar hududni to‘liq ko‘kalamzor maskanga aylantirish rejalashtirilgani, unga 40 mingdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishini ta’kidladilar. Shuningdek, ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va hududni doimiy nazoratda saqlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

– “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 5 yilda 4 milliondan ortiq manzarali, mevali va buta ko‘chatlari ekildi, – deydi Toshloq tumani hokimining o‘rinbosari Avazbek Dehqonov. – Bu yil bahor va kuz faslida jami 867 mingta ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Ammo amalda uni 1 milliontadan oshiramiz. Ushbu yer maydonimiz 25 gektar bo‘lib bugunning o‘zida uning bir qismiga 10 mingdan ortiq ko‘chat ekamiz.

Fotiha bergan nuroniylar bugun ekilayotgan har bir daraxt kelajak avlod uchun sog‘lom muhit, musaffo havo va fayzli hayot manbai bo‘lishini tiladilar. Ular bu xayrli ishni savobli va ezgu tashabbus sifatida baholab, yoshlarni tabiatga mehrli munosabatda bo‘lishga chaqirdilar.

– Go‘zallik, obodlik odamning yuragidan boshlanadi. “Yashil makon” umummilliy harakati, darhaqiqat, xalq harakatiga aylandi, – deydi "Nuroniy" jamg‘armasi Toshloq tuman bo‘limi raisi  Tursunboy Soliyev. – Biz keksalar, nuroniylar doim yoshlar bilan birgamiz. Ularga namuna bo‘lib yurt obodligi uchun yelkadosh bo‘laveramiz.

Toshloq tumanidagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari jamoalari hamda faol fuqarolar ishtirokida daraxt ekish ishlari boshlandi. Har bir ekilayotgan ko‘chatga mas’ullar biriktirilib, ularning yaxshi unib-o‘sishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralari belgilandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sxEuZ_NSbRU" title="Go‘zallik ko‘chat ekishdan boshlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video,surat), O‘zA