FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat teatr va konsert saroyida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada-simfonik orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dastur Botir Zokirov kuylagan “Umid” qo‘shig‘ining sehrli ohangi bilan boshlandi.
Farg‘onaga birinchi kelishim, - deydi konsertmeyster Nodira Yusupova. – Farg‘onaliklar san’atning qadrini biladigan xalq ekanligiga bugun amin bo‘ldim. Ular “Qizil olma”, “Samarqand”, “O‘zbekiston vatanim” kabi qo‘shiqlarni biz bilan barobar kuylashgani barchamizni quvontirdi. Aslida repertuarimiz juda keng. Estrada, jaz, rok, kinofilmlardan qo‘shiqlar ijro etamiz. bugungi konsertga ham 20 dan ortiq kuy-qo‘shiqlar tayyorlab kelgandik. Nazarimda, kamlik qildi. Bu yana bir bor Farg‘onaga kelishimizga bahona bo‘ladi.
[gallery-9169]
Konsert dasturi davomida orkestrning o‘ttiz nafarga yaqin ijodiy jamoasi bir-biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlar bilan farg‘onaliklar qalbiga kira oldi.
O‘zbek milliy qo‘shiqlari, zamonaviy estrada kuylari, jahon durdonasiga aylangan musiqalarni hamyurtlarimiz butun borlig‘i bilan tingladi.
– O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov qo‘shiqlarini sog‘ingan ekanmiz, mazza qilib eshitdik, - deydi Barnoxon Murotova. – Sahnani to‘ldirgan sozandalar o‘z cholg‘u asbobini maromiga keltirib chaldi. Baraka topishsin.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA