«Kichik chanoq a’zolari qon bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda akusherlik qon ketishini davolashda jarrohlik usulini ishlab chiqish» mavzusida
G‘oyibov Sanjar Salimovichning 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya ixtisosligi bo‘yicha «Kichik chanoq a’zolari qon bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda akusherlik qon ketishini davolashda jarrohlik usulini ishlab chiqish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 14-noyabr kuni soat 12:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100124, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132a-uy.
Tel: (+99871) 263-47-50 faks: (+99871) 263-84-83
ye-mail: info@uzaig.uz; www.akusherstvo.uz