Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Google va O‘zbekistonning axborot texnologiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik muhokama qilindi
10:59 / 2023-06-06

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Google kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehmonlarga IT-Park faoliyati, rezidentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.  

Shuningdek, O‘zbekistonda IT va BPO sohalarini yanada rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. AKT sohasidagi ish o‘rinlari, vakolatlar va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.  

Tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida Google va O‘zbekistonning asosiy IT kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  

 

N.Rahmonova, O‘zA