Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Google va Mozilla Qozog‘iston rasmiylarining xavfsizlik sertifikatini bloklaydi
12:38 / 2019-08-22

Firefox va Chrome brauzerlarini qo‘llab-quvvatlovchi Mozilla va Google kompaniyalari “Qozog‘iston hukumati tomonidan mamlakat ichkarisidagi internet trafikni ushlab olish imkoniyatlarini bloklash maqsadida” yangi texnologik qarorlarini ishga tushirganliklari borasida bayonot berdi.


Firefox va Chrome brauzerlarini qo‘llab-quvvatlovchi Mozilla va Google kompaniyalari “Qozog‘iston hukumati tomonidan mamlakat ichkarisidagi internet trafikni ushlab olish imkoniyatlarini bloklash maqsadida” yangi texnologik qarorlarini ishga tushirganliklari borasida bayonot berdi.

Mozilla saytida ingliz, rus va qozoq tilida e’lon qilingan rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, kompaniya Qozog‘istonda internet-provayderlar fuqarolardan Internetga kirishlari uchun har bir brauzer va barcha jihozlarga davlat sertifikatini o‘rnatishni talab qilayotgani borasida ishonchli ma’lumot olganidan so‘ng choralar ko‘rmoqda. Bu sertifikat o‘rnatilganidan so‘ng hukumat foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan barcha ma’lumotlarni o‘qish va rasshifrovka qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu kabi bayonot Googlening rasmiy blogida ham paydo bo‘ldi. Unda ta’kidlanishicha, joriy qilinadigan texnik qaror “Qozog‘iston o‘rnatadigan sertifikatni bloklaydi“. Kompaniyaning xabar qilishicha, foydalanuvchilar hech qanday harakat qilishlari kerak emas. Bundan tashqari qurilma Chromium chiqish kodiga kiritilgan va vaqti kelib uning asosiga qurilgan boshqa brauzerlarda ham ishlaydi.

– Biz bu kabi harakatlarni joriy qilmoqchi emas edik, ammo foydalanuvchilarni himoya qilish va Internet yaxlitligi – bu Firefox faoliyatining asosiy prinsipidir, – deya ixtibos keltiradi Mozilla ishonch va xavfsizlik bo‘limi katta direktori Marshall Ervinning so‘zlaridan.

– Biz mazkur aniq muammodan himoya choralarini qo‘lladik va dunyodagi barcha foydalanuvchilarimizni himoya qilish borasida hamisha shu kabi choralarni ko‘ramiz, – deya ta’kidlaydi Chrome brauzerining texnologiyalar bo‘yicha katta direktori Paris Tabriz.

Mozillaning ta’kidlashicha, Qozog‘iston hukumatining shu kabi sertifikat joriy qilishga urinishi hisob bo‘yicha ikkinchisidir. Birinchi urinish 2015 yilda amalga oshmoqchi edi, ammo buning uddasidan chiqmagandi.

Apple kompaniyasining bayonot berishicha, Safari brauzeri “xavfsizlik sertifikati”ni bloklash uchun chora ko‘rishga moslashtirilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Qaznet Trust Network ishonchli sertifikatlar ro‘yxatidan chiqarildi.

“Xavfsizlik sertifikati”ni joriy qilish iyulda boshlandi. Qozog‘iston foydalanuvchilari aloqa operatorlaridan o‘z qurilmalariga Qaznet Trust Network o‘rnatish borasida xabarlar ola boshlashdi. Turli idoralarning vakillari bu jihoz kiber hujumlar va huquqqa qarshi kontentlardan himoya qilishini ta’kidlay boshladilar.

Texnologiya kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar va huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilina boshlandi. Ular bayonot berib, bu jihoz ma’lumotlarni ushlash va kuzatishga moslashtirilganini aytishdi, hamda uning yordami bilan hukumat mamlakatda internet ustidan nazoratni kuchaytirishidan o‘z xavotirlarini bildirishdi. 

7 avgust kuni kechqurun prezident Qasыm-Jomart Toqaev tvitterda, o‘zining topshirig‘iga ko‘ra sertifikat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan kiritilayotganini yozdi. Sertifikatning asosiy maqsadi tashqaridan bo‘ladigan hujumlardan himoya qilish maqsadida sinov ekani ta’kidladi. MXQ sertifikatning joriy qilinishini muvaffaqiyatli sinov bo‘lganini ta’kidladi va kelajakda undan tashqi kiber hujumlardan himoyalanishda foydalanishlarini ma’lum qildilar.