Google ukrainalik qochqinlarga 35 million dollar yordam ajratdi
Google kompaniyasi Ukraina qochqinlariga yordam berish maqsadida gumanitar tashkilotlarga 35 million dollar ajratdi.
Bu haqda seshanba kuni Google va Alphabet direktori Sundar Pichai Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy hamda Sloveniya bosh vaziri Yanez Yanshey bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha uyushtirgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Google bugungi kunda Polshaga kelib qochqinlarni qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilotlarga 35 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatdi, shuningdek, nodavlat tashkilotlarga grant ko‘rinishida 10 million dollar ajratdi", – dedi Pichai.
24 fevraldan buyon Polshaga Ukrainadan 2,34 million qochqin kelgan. Polsha hukumatining hisob-kitobicha, 1,7-1,8 million kishi Polshada qolgan.