Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Google sudga tortildi
09:53 / 2026-01-24

Kaliforniya shtatida federal sudya "Google" tomonidan taqdim etilgan so‘rovni rad etdi.

Avvalroq iste’molchilar kompaniyaga qarshi tegishli da’vo kiritgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, shikoyatchilar ushbu magnat yirik texnologiya kompaniyalari yordamida onlayn qidiruv bozoridagi raqobatchilarni cheklagani, iste’molchilar tanlov erkinligini buzganini asoslagan.

Da’vo asosan "Apple", "Android" qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va brauzer dasturchilari bilan tuzilgan kelishuvlarga qaratilgan bo‘lib, ushbu hamkorlar kompaniyani qidiruv bozorida ustun mavqega olib chiqqan va mayda raqobatchilar rivojlanish imkoniyatini cheklagan.

Ta’kidlanishicha, muayyan bitimlar natijasida raqobat yo‘qotilib, kam reklama yoki ko‘proq maxfiylik ta’minlanishi bilan bog‘liq xizmatlar, shuningdek foydalanuvchilarga qidiruv uchun beriladigan to‘lovlar kabi muqobil jarayonlarga to‘siq qo‘yilgan.

2017 yilgacha kuzatilgan harakatlar bilan bog‘liq da’volar hozircha ko‘rib chiqilmaydi, ko‘p yillik arizalar qayta berilishi mumkin. Kompaniya esa o‘zini aybdor hisoblamagan va sudga shikoyat bilan murojaat qilgan.

Iste’molchilar huquqi va raqobatni himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotgan bu voqea texnologiya gigantlarining global bozordagi ustunligini ta’minlayotgan usullarni sinchkovlik bilan tekshirish zarurligidan ogohlik qo‘ng‘irog‘i sifatida yangradi.

Musulmon Ziyo, O‘zA