“Google” Avstraliyada faoliyatini to‘xtatishi mumkin
“Facebook” rahbari Mark Sukerberg Avstraliya hukumatini texnologik gigantlar bo‘yicha qonunni qabul qilmaslikka ko‘ndira olmadi, dedi mamlakat moliya vaziri Josh Fraydenberg “ABC” ga bergan intervyusida.
Avstraliyada hukumat tashabbusi bilan yirik texnologik kompaniyalar faoliyati uchun to‘lovlar borasida mahalliy hukumat bilan kelishishi lozimligi to‘g‘risida qonun ishlab chiqilmoqda. Mazkur kelishuvga erishilmasa, davlat tomonidan qo‘yilgan hakam ishga jalb qilinadi.
Shundan so‘ng “Google” Avstraliyada faoliyatini to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qilgan. “Facebook” ham tarmoqning mamlakatdagi yangiliklar bo‘limi yopilishi ehtimolidan ogohlantirdi.