Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gonkongda ko‘p qavatli turar-joy binolari yonib ketdi
22:53 / 2025-11-26

Gonkong shimolidagi Tay Po tumanida joylashgan "Van Fuk Kort" turar-joy majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi.

RTHK telekanali xabar berishicha, bir necha odam ichkarida qolib ketgan, ikki kishi jiddiy kuyish jarohati olgan. Kuchli alangani o‘chirishga urinayotgan bir necha o‘t o‘chiruvchi ham jarohat olgan.

Yong‘in xavfi darajasi to‘rtinchi toifa, ya’ni belgilangan me’yorga nisbatan oxirgidan oldingi.

Sakkiz binodan iborat "Van Fuk Kort" majmuasida 2 000 ga yaqin turar-joy mavjud. Bino atrofidagi bambukdan yasalgan  bir necha minora iskala bilan bezatilgan. Aynan shu jihat olov tez tarqalishini ta’minlagan bo‘lishi mumkin.

G.Sattorova, O‘zA