Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gonkong super to‘fon arafasida eshiklarni tambalamoqda
22:57 / 2025-09-23

23 sentyabr kuni joriy yil dunyo bo‘yicha kuzatilgan eng kuchli tropik siklon, deya baho berilayotgan “Ragasa” super to‘foni Gonkongga yaqinlashmoqda. Shu bois rasmiylar odamlarni uyda qolishga chaqirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Hududda aksar yo‘lovchi reyslari 25 sentyabrgacha to‘xtatilgani aytilmoqda.

Mahalliy observatoriya ma’lumotiga ko‘ra, tezligi soatiga 220 kmga yetadigan dovulli shamol Xitoyning Gonkong bilan chegaradosh Guandun muzofoti qirg‘og‘iga ham jiddiy xavf tug‘diradi. 

Mahalliy hukumat allaqachon 770 000 dan ko‘p odamni xavfsiz joyga ko‘chirgan va yaqin soatlarda yana bir million kishi evakuatsiya qilinishi kutilyapti. Shuningdek, 700 dan ortiq reys, jumladan, Makao va Tayvanga parvozlar bekor qilindi.

S.Rahimov, O‘zA