Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gonkong media magnati Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
15:13 / 2026-02-09

Gonkongda milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayoni yakunlanib, shaharning eng taniqli media magnatlaridan biri Jimmi Lay 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qariyb 5 yil davom etgan mazkur sud ishida 78 yoshli Lay xorijiy kuchlar bilan til biriktirishhamda ig‘vogar materiallar chop etish bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Sudyalar unga nisbatan eng og‘ir jazo toifasi qo‘llanganini ta’kidlab, uni barcha fitnalarning asosiy tashabbuskori va harakatlantiruvchi kuchi, deb baholadi.

Lay sudda o‘zini siyosiy mahbus deb atab, barcha ayblovlarni rad etdi. Uning ishi xalqaro maydonda keng rezonans uyg‘otdi. AQSH prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer kabi qator yetakchilar uning taqdiri bo‘yicha turli bayonotlar bergan.

Ta’kidlanishicha, Layning oila a’zolari va advokatlari uning sog‘lig‘ida muammo borligini bildirib, u qamoqda hayotdan ko‘z yumishi mumkinligidan xavotir olishmoqda. Sud esa uning yoshi va tibbiy holati jazoni yengillashtirish uchun asos bo‘la olmasligini qayd etgan.

Ma’lumot uchun: Jimmi Lay 2020 yilda noshirlik faoliyati yopilgan “Apple Daily” gazetasining asoschisi. U 2020 yil avgust oyida hibsga olingan.Lay bilan birga mazkur nashrning olti nafar sobiq rahbar xodimi, 1 nafar yurist yordamchisi ham 6 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

D.Hakimov, O‘zA