O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hamda M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining asosiy vazifalari;
M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining asosiy vazifalari;
F.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tuzilmasi;
M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining tuzilmasi;
F.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonining jadvali;
M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonining jadvali;
F.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining 2026 yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari;
M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2026 yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari;
F.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining 2024 - 2026 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi;
M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi.
F.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hamda M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirish doirasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishda ishtirok etadi.
Institutlar seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini tegishlicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.
Institutlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga:
seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish uchun seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini;
seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifa ob’ektlar uchun zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalarni belgilangan tartibda taqdim etib boradi.
Institutlar viloyat va tuman (shahar) hokimliklari bilan bevosita hamkorlik qilish doirasida:
har chorakda tegishli hududga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini hokimliklarga kiritib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan joyiga chiqqan holda yoki videokonferensaloqa shaklida tushuntirishlar va ilmiy-seminarlar tashkil etib boradi;
hududlar seysmik xavfsizligini ta’minlashga oid hokimliklarning barcha so‘rov va murojaatlariga ilmiy va amaliy yondashuv asosida xulosalarni beg‘araz taqdim etadi;
olimlardan iborat tarkibda ilmiy guruhlar tashkil etib, har bir hududga biriktiradi va hududlar kesimida tadqiqotlar o‘tkazadi.
O‘zA