Gollivudning mashhur rejissyori o‘z uyidan o‘lik holda topildi
AQSHning Los-Anjeles shahrida mashhur rejissyor va aktyor Rob Rayner hamda uning turmush o‘rtog‘i Mishel Rayner o‘z uyida o‘lik holda topildi, deb xabar berdi “DW” nashri.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning tanasida pichoq jarohati izlari bor. Politsiya ushbu holatni ehtimoliy qotillik sifatida tergov qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Rob Rayner Gollivudning taniqli namoyandalaridan bo‘lib, “When Harry Met Sally”, “A Few Good Men”, “The Princess Bride” kabi qator mashhur filmlar qahramoni sifatida tanilgan.

D.Hakimov, O‘zA