Gollarga boy tur
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n to‘rtinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n to‘rtinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida “Olmaliq”ni (Olmaliq) 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdagi yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Xuddi shunday hisob «Neftchi» (Farg‘ona) va «Buxoro» (Buxoro) jamoalari o‘rtasidagi bahsda qayd etildi. A.Xolmatov tomonidan kiritilgan gol farg‘onaliklarga g‘alabani taqdim etdi.
Bekobodning «Metallurg» klubi Navoiyning «Qizilqum» jamoasini 4:2 hisobida yenggan bo‘lsa, «Sho‘rtan» (G‘uzor) safarda «Navbahor»ga (Namangan) xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi.
Poytaxt jamoalaridan «Paxtakor» o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Lokomotiv» mehmonda «Mash’al» (Muborak) jamoasi muxlislarini ranjitdi – 3:1.
«So‘g‘diyona» (Jizzax) va «Qo‘qon – 1912» (Qo‘qon), «Dinamo» (Samarqand) va «Andijon» (Andijon) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.