Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblik zamirida Vatanga bo‘lgan muhabbat mujassam
13:27 / 2024-12-21

O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi g‘alabalarini ta’minlab kelayotgan bir guruh yosh sportchilar va murabbiylar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Professional sportchilarimiz qatori yosh sportchilar ham o‘tayotgan 2024 yilni katta g‘alabalar bilan ortda qoldirmoqda. Ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari tizimiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha o‘smir va yoshlarimiz tomonidan jahon va qit’a chempionatlarida erishgan natijalar tahsinga sazovor.  

Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh sportchilar hamda ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda ta’kidlanganidek, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan umidli yosh sportchilarimizning g‘alabasi sharafiga Yevropa, Osiyo, Okeaniya, Afrika va olis Amerika qit’asining bir qator davlatlarida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangradi.  

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov yosh sportchilarimiz tomonidan erishilgan natijalar Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalarini ta’minlabgina qolmay, kelgusi muvaffaqiyatlarga mustahkam poydevor ham yaratdi.  

Aytish lozimki, davlatimiz rahbarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarida vatanimiz sport shuhratini ulug‘lagan sportchi va murabbiylarni taqdirlash to‘g‘risidagi tegishli qarori hamda Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga muvofiq, jahon va qit’a chempionatlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan 14 nafar sportchi bir martalik 3 ming 500, 11 nafari 1 ming 750, 20 nafari 875 AQSH dollari bilan taqdirlanib, tantanali ravishda tegishli sertifikatlar topshirildi.  

Shuningdek, iste’dodli sportchilarni tayyorlagan o‘nlab murabbiylarga belgilangan pul mukofotlari sertifikatlari taqdim etildi.  

Tadbir davomida yengil atletika bo‘yicha milliy terma jamoa murabbiysi Muzaffar Karimov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  

45 nafar o‘smir va yosh sportchi, murabbiylarning belgilangan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishi ortidan yurtimizdagi yuzdan ziyod xonadonlarga, mahallalarga, sport maktablariga g‘oliblik quvonchi kirib bordi.  

Bu shodlik, iftixorning tub sababi so‘zsiz chempionlik. Uning zamirida esa Vatanga bo‘lgan muhabbat mujassamki, ayni harakat kelgusidagi katta g‘alabalarni ta’minlashi bilan ahamiyatli.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA