English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblik sururi (+video)
10:49 / 2023-07-29

24 iyul kuni Shveysariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.  

Bugun biz Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning Ustozlari bilan yaqindan suhbatlashdik.  

O‘quvchilarining yutuqlaridan faxrlanayotgan Ustozlarining so‘zlarini tinglar ekanmiz, g‘olib bo‘lgan o‘quvchilardagi his-hayajon va oilaviy xursandchiliklarni tasavvur qilib ko‘rdik. Keling endi g‘oliblarimiz taassurotlari bilan ham yaqindan tanishsak...

Batafsil:  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan e’tiborning yuksak namunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.    

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lishsa lavozim maoshiga har oy 150 foizlik ustama olish imkoniyati ham yaratilgan.    

G‘oliblarimizdan biri to‘g‘ri aytdi, O‘zbekistonda xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. G‘oliblarimizni ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etib, Vatanimiz bayrog‘ini ilm bilan yanada baland ko‘tarishlarida omad tilab qolamiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GYyLEvAwuHA" title="G‘oliblik sururi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, D. Yakubov O‘zA