G‘oliblik mezbonlarda qoldi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan viloyat suv sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida suv polosi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston “Aqiatik” (suzish) federatsiyasi, viloyat hokimligi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida uyushtirilgan mazkur musobaqada mamlakatimiz vakillaridan tashqari qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlaridan tashrif buyurgan oltita jamoa ishtirok etdi. O‘ziga xos nafis jozibali harakatlar, sportga xos shijoat va murosasiz ruhda kechgan musobaqada har bir o‘yinda g‘oliblik uchun raqobat qizg‘in bo‘ldi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, “O‘zbekiston-1” terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin Turkmaniston jamoasiga nasib etdi. Chempionat sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.