Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblik akademiya talabasiga nasib etdi
11:36 / 2020-12-23

Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan, Sharq va G‘arbni mustahkam bog‘lagan qadim va betakror yurtimiz azaldan taniqli ilm-fan namoyandalari bilan dovrug‘ qozongan. Zamonamizgacha yetib kelgan tarixiy yodgorliklar va yozma manbalar diyorimizda asrlar davomida ilm-fan, madaniyat gullab-yashnaganidan darak beradi.

bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi minglab madaniy meros durdonalari, arxeologik ob’ektlar va qazilmalar mavjudligi buning tasdig‘idir. Zimmamizdagi vazifa esa ularni kelajak avlodga beshikast yetkazishdan iborat. Buning uchun yoshlar orasida milliy o‘zlik, madaniy merosimizga bo‘lgan ijobiy yondashuvni kuchaytirish talab etiladi.

Joriy yil 14-19-dekabr kunlari Toshkent shahrida madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tgan edi. Shu munosabat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Milliy madaniy merosimiz” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.

Musobaqada 150 ga yaqin videorolik kelib tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan 20 ta videorolik hakamlar hay’atiga taqdim qilindi. Videorolikning ma’no-mazmuni, kreativ yondashilganligi va ishtirokchining ijodiy mahorati kabi mezonlar asosida baholangan tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Ziyorat turizmi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muhammadamin Mamanov “O‘zbekiston madaniy merosi yoshlar nigohida” nomli videoroligi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Yurtimiz tarixi nihoyatda boy, – deydi M.Mamanov. – Bu o‘lkadan ko‘plab allomalar, ilm fuzalolari yetishib chiqqan. Ular qoldirgan nodir qo‘lyozma, kitob, mukammal va go‘zal arxitektura obidalari bizning madaniy merosimiz hisoblanadi. Bu kabi yodgorliklarimizni dunyoga tanitish bizning asosiy maqsadimizdir. Zero, yurtimizda turizmni rivojlantirishda yoshlarning ahamiyati va o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu bois ishtirok etib, videorolik orqali tengdoshlarimda yurtimizning tarixiy qadamjolari bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygandim. Kelgusida “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo nigohida” mavzusida videorolik tayyorlash niyatim bor.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  

Matbuot xizmati