G‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi
Marhamat tumani markaziy o‘yingohida “Sport -sog‘lik garovi” shiori ostida yengil atletika musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan sport oyligi doirasida Marhamat tumanidagi to‘rtta texnikum o‘quvchilari o‘rtasidagi yengil atletika musobaqasi qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.
Sport va kasbiy ta’lim boshqarmalari hamkorligida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda o‘quvchilar yengil atletikaningyo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyat va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-27542]
G‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari