Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar taqdirlandi
10:14 / 2025-08-14

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berilganidek, Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichida Namangan viloyati vakillari – Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 

[gallery-24744]

G‘olib jamoa viloyat hokimligida qabul qilindi. 

Viloyat hokimi Shavkat Aburazzoqov erishilgan yutuq bilan barchani qutlab, jamoaning har bir a’zosi erishgan muvaffaqiyat haqida birma-bir to‘xtalib o‘tdi. 

E’tiborlisi, 8-9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ushbu yoshlarning 5 nafari allaqachon xorijiy tillarni bilish bo‘yicha IELTS sertifikatini olgan. Maktab jamoasi o‘tkazilgan jami 3 ta bosqichda 850 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi hamda Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Viloyat rahbari maktab jamoasiga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ta’kidlash kerak, keyingi 3 yil davomida namanganlik maktab o‘quvchilari mazkur tanlovning respublika bosqichida faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqda. Xususan, 2023 yili Namangan shahridagi 7-maktab o‘quvchilari 1-, 2024 yilda Chortoq tumanidagi 53-maktab o‘quvchilari 2-o‘rinni egallagan edi. 

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar