Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar taqdirlandi
14:28 / 2025-08-05

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan shahar o‘quv sport texnika klubiga qarashli o‘q otish majmuasida yoshlar o‘rtasida olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan “Pnevmatik quroldan o‘q otish” bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining final bosqichi yakunlandi. 

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan tashrif buyurgan 115 nafar sportchi qatnashdi. 2005 yildan kichik yosh sportchilar VP-6 va PP-3 mashqlari, ya’ni o‘g‘il va qiz bolalar havo miltig‘idan hamda havo to‘pponchasidan o‘q otish bo‘yicha bahs olib bordi. 

[gallery-24612]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati sportchilari birinchi, Namangan viloyati jamoasi ikkinchi hamda Farg‘ona viloyati yoshlari 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA