French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar taqdirlandi
11:51 / 2025-07-02

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbirda shahar aholisi, faol yoshlar, mahalla yetakchilari hamda poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida mini futbol va futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etildi.    

[gallery-24130]

Futbol bo‘yicha 1-o‘rinni Termiz shahridagi “Baynalminal” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida mini futbol bahsida Termiz shahrining “Nurli kelajak” mahallasi yoshlariga teng keladigani topilmadi. Mini futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda esa Boysun tumanining “Dashtig‘oz” mahallasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Aprel oyida start berilgan mazkur musobaqalarda viloyatdagi 724 mahallaning 1 ming 508 jamoasi sektorlar, tuman (shahar), viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. Bu orqali mahallalardagi minglab yoshlar o‘rtasiga sport, sog‘lom turmush tarzi ommalashdi. Ta’lim muassasalari, mahallalardagi o‘yingohlar futbolsevar yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.

Tadbirning madaniy qismida taniqli san’atkorlar, professional raqs jamoalari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etib, Vatan, tinchlik, yoshlik va milliy qadriyatlar mavzusidagi jonli ijrolari orqali tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA