Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar taqdirlandi
18:54 / 2025-04-25

Prezidentimizning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Buxoro viloyati Olot tuman bosqichi o‘tkazildi.

Olot tumani Sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida o‘tkazilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi”da nogironligi bo‘lgan shaxslar 5tashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etdi.

[gallery-23029]

Ishtirokchilar “Besh tashabbus” sport turlarining Para yengil atletika (qo‘l amputatsiyasi 100 metrgacha), Para yengil atletika (qo‘l amputatsiyasi turgan joydan uzunlikka sakrash), yengil atletika kar va zaif eshituvchilar uchun 100 metrgacha, yengil atletika kar va zaif eshituvchilar turgan joydan uzunlikka sakrash, Para armrestling kar va zaif eshituvchilar uchun, Para armrestling aravachada hamda boshqa sport turlari bo‘yicha munosib qatnashdi.

“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tuman hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.