French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar taqdirlandi
13:58 / 2025-04-19

Buxoroda Yong‘in-qutqaruv amaliy sporti bo‘yicha an’anaviy “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi birinchiligi” musobaqalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Harbiylashtirilgan qismlar shaxsiy tarkibining shoshilinch vaziyatlarda tez va oqilona harakat qilish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan bu sport turnirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridan 19 nafar erkaklar va 15 nafar ayollar terma jamoalarida jam bo‘lgan 300 dan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Musobaqalar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasi, Buxoro davlat universiteti sport maydonlarida tashkil qilindi.

Respublika turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar hamda shaxsiy birinchilikda o‘z mahoratini namoyish etgan g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Yuz metr masofaga estafeta usulida yugurish, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish, jangovar yoyilish kabi tezkor shartlar bo‘yicha sportchilar va jamoalar nomi e’lon qilindi. Yakkalik jamoaviy bahslarda tezkor harakatlanishi va kasbiy mahoratini namoyish etgan sportchilar va jamoalar  faxriy yorliq, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

[gallery-22905]

Marosimda viloyat hokimi Botir Zaripov, respublika Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Sanjar Zufarov ishtirok etdi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.