Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar tantanali kutib olindi
12:05 / 2025-08-25

Kolumbiyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari uchun har jihatdan omadli kechdi.

Dunyoning 40 ta mamlakatidan 340 nafar yosh shaxmatchilardan tashkil topgan 85 ta jamoa ishtirokidagi musobaqalarda 7 ta g‘alaba, 2 ta durang qayd etib, o‘smirlar olimpiadasining kumush medaliga ega chiqqan iste’dodli shaxmatchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari Komil Sindorov, keng jamoatchilik vakillari Kolumbiya bahslari o‘zbek shaxmatining yorqin vakillari kamolga yetayotganini, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yildan-yilga yuksalib borayotganini ta’kidlashdi.

Olimpiada o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, musobaqani 1-taxtada o‘tkazgan terma jamoamiz a’zosi Muhammadzohid Suyarov raqiblari orasida 2-o‘rinni, Humoyun Bekmurodov 2-taxtada 2-o‘rinni egalladi. Afruza Hamdamova va Asrorjon Omonovlar muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik shodiyonalari ostonasida yangilangan tarkibdagi terma jamoamiz Butunjahon shaxmat olimpiadasida o‘zbek shaxmatining g‘oliblik an’analari bardavom ekanini yana bir karra namoyish etdi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA