Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi
16:12 / 2025-12-12

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Yetakchilar ongi va qalbida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” g‘oyasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda intellektual va professional salohiyatni rivojlantirish maqsadida tanlov tashkil etildi.

Ushbu tanlov yetakchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini yanada oshirish, shaxsiy namunasi bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan faollarni rag‘batlantirish, shuningdek, yuqori bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lgan iste’dodli yosh kadrlarni aniqlash, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish va kadrlar zaxirasini shakllantirishni ham ko‘zda tutadi.

Tanlovda yoshlar yetakchilari Nizomda belgilangan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Tanlov ishtirokchilari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini ko‘rsatib beruvchi tegishli ma’lumotlar, albom hamda videoroliklar orqali namoyish qilib, hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Tanlov davomida yoshlarning liderlik ko‘nikmalari, mahalla hayotiga qo‘shayotgan amaliy hissasi va innovatsion g‘oyalari hamda tashabbuslari asosiy mezon sifatida baholandi.

Tanlov yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi hamda respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri