Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha 16-21 va 22-30 yoshlardagi yigitlar hamda qizlar o‘rtasida Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra, 16-21 yoshlardagi yigitlar o‘rtasida Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi, Chimboy tumani “Qo‘sh terak” ovul fuqarolar yig‘ini jamoasi ikkinchi, Amudaryo tumani “Tosh yop” ovul fuqarolar yig‘ini jamoasi uchinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, 22-30 yoshdagilar o‘rtasida birinchi o‘rinni Chimboy tumanining “Toza yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini, ikkinchi o‘rinni Mo‘ynoq tumanining “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini, uchinchi o‘rinni esa Qo‘ng‘irot tumanining “Monshaqli” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari qo‘lga kiritishdi.

16-21 yoshlardagi qizlar o‘rtasida Beruniy tumanining “Shobboz” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi, Qorao‘zak tumanining A.Dosnazarov ovul fuqarolar yig‘ini jamoasi ikkinchi, Qo‘ng‘irot tumanining “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi uchinchi, 22-30 yoshdagilar o‘rtasida Mo‘ynoq tumani “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi, Shumanay tumani “Mamiy” ovul fuqarolar yig‘ini ikkinchi, Xo‘jayli tumani “Juzimzar” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovar bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi va O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri