Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar respublika bosqichida qatnashadi
18:51 / 2022-09-30

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” respublika tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovlar aholi muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini ta’minlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda o‘zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas’ullarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda boshqarmalar rahbarlaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning hujjatlari bilan tanishish bilan birga, ular bilan bevosita kelgusi faoliyatlaridagi rejalari haqida suhbatlashdi.

Tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rinni olgan g‘oliblar respublika bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

Shohsulton To‘xtamatov, Jurnalist