G‘oliblar respublika bosqichida ishtirok etishadi
Navoiyda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha viloyat bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Dastlab tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarimizning respublika va xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari hamda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan keyin 2025 yilning o‘tgan davrida xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir qator sportchilar hamda ularning murabbiylari munosib taqdirlandi.


Musobaqada mintaqa bosqichidan saralanib chiqqan 15–17 yosh toifasidagi iqtidorli yoshlar o‘zaro bahslashdi.


G‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri