Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanma oldi
17:47 / 2023-03-14

Poytaxtimizda armrestling sport turi bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahridagi barcha bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Mudofaa vazirligi sport markazi va Bojxona instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoalari hamda 100 dan ortiq sportchilar turli vazn toifalarida o‘zaro bellashdi.  

Musobaqada FVV akademiyasi jamoasi ham faollik ko‘rsatib, yuqori natijalarga erishdi. Xususan, podpolkovnik Sayfiddin Jumayev 90 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda faxrli 1-o‘rinni, katta leytenant Odil Po‘latov 85 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, leytenant Hurmatillo Madazimov o‘ng qo‘lda 75 kg. vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni, 4-kurs kursantlaridan Yusuf Sayfullayev o‘ng qo‘lda faxrli 1-o‘rinni, Sindor Usmonov chap qo‘lda 70 kg. vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni, Muhammad Narzullayev o‘ng qo‘lda 80 kg. vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.  

Shuningdek, Ne’mat Beshimov 80 kg. vazn toifasida chap qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, Xudoyor Hamidullayev 75 kg. vazn toifasida chap qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, 3-kurs kursantlaridan Samandar Soliboyev 90 kg. vazn toifasida chap qo‘lda faxrli 3-o‘rinni, Yunus Elamasov 65 kg. vazn toifasida chap qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, hamda 2-kurs kursantlaridan Shohjaxon Navro‘zov o‘ng qo‘lda 60 kg. vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.   

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

1 va 2-o‘rinni egallagan sportchilar 14-17 mart kunlari Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA