Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashadi
17:22 / 2025-07-23

Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ayollar o‘rtasidagi stritbol musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning viloyat bosqichida 16-21 va 22-30 yosh toifalarida 16 ta tuman, shahar jamoasi ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. 

Qiziqarli bahslar asosida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 16-21 yosh toifasida Izboskan tumani jamoasi birinchi, Bo‘ston tumani vakillari ikkinchi, Buloqboshi tumani jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

[gallery-24434]

22-30 yosh toifasida esa Jalaquduq tumani jamoasiga birinchi, Shahrixon tumani jamoasiga ikkinchi, Marhamat tumani jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi. 

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

G‘oliblar musobaqaning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi. 

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari