Andijon viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari jamoalari ishtirokidagi “Quvnoq startlar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faolligini oshirish hamda ularni sportga keng jalb etishga qaratilgan musobaqaning umumta’lim maktablari 1-2 sinf o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalari ishtirok etgan viloyat bosqichida 16 ta tuman, shahar jamoasi ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Qiziqarli bahslar asosida o‘tgan musobaqa ishtirokchilari o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi, chaqqonligi va g‘alabaga jamoaviy intilishlarini namoyish etdi.
Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumani jamoasi birinchi, Asaka tumani yosh sportchilari ikkinchi, Baliqchi tumani jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
[gallery-26700]
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari