Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar finalda aniqlanadi
18:22 / 2023-02-20

Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat uyida “NKMKning Oltin ayoli” tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy kon boshqarmasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi Zarafshon hududiy boshqarmasidan 12 nafar eng zukko va iste’dodli xotin-qizlar  bahslashdi.  

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidagi korxonalarda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularga munosib mehnat sharoitini yaratib berish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Markaziy kon boshqarmasida ayni paytda 2,6 ming nafardan ziyod xotin-qizlar mehnat qilmoqda.  

Ishtirokchilar “O‘zimni tanishtiray”, “Ana shunday ishlaymiz”, “Agarda men boshliq bo‘lganimda” kabi shartlarda o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Tashqi suv ta’minoti birlashgan energoxizmati kimyoviy tahlil laboranti Mive Tashbayeva va “NKMK jamg‘armasi” DM Zarafshon hududiy boshqarmasi xodimi Nargiza Rahmonovalar g‘olib bo‘ldi. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.  

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA