French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar aniqlandi
18:12 / 2025-10-22

Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tramplin akrobatik yo‘lakchasida sakrash bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida mamlakat kubogi bahslariga mezbonlik qildi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 60 dan ziyod atletlar g‘oliblik uchun o‘z mahoratini ishga soldi. 

Chempionatning tantanali ochilishida yosh avlod o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturiga ushbu sport turini ommalashtirish, iqtidor sohiblarini aniqlash va ularni xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga tayyorlashda bu kabi musobaqalarning ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi. Qolaversa, mazkur chempionat o‘yinlari nafaqat sportchilar uchun o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi, balki rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shadi.

Dastur yo‘nalishlarida mohirligi va chaqqonligi bilan ajralib turgan Namangan viloyati jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Toshkent shahri sportchilari faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq, deb topildi. Yana bir kuchli uchinchi o‘rin esa Farg‘ona viloyati vakillariga nasib qildi. 

G‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.