English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar aniqlandi
20:28 / 2024-04-16

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra jamoalar “Safda qo‘shiq aytish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Mohir mergan”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” hamda “Turnikda tortilish” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar nafaqat jamoaviy yutuq uchun, balki turli nominatsiyalar uchun kurash olib bordi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Oqoltin tumani 2-umumta’lim maktabining “Shunqorlar” jamoasiga, ikkinchi o‘rin Mirzaobod tumanidagi 33-umumta’lim maktabining “Madadkor” jamoasiga, uchinchi o‘rin Sirdaryo tumanidagi 13-umumta’lim maktabining “Sheryurak” jamoasiga nasib etdi. 

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. 

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri