Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar aniqlandi
13:31 / 2023-05-16

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da 15 may – Xalqaro oila kunini keng nishonlash va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan “Farovon oila sari” shiori ostida 5 maydan 5 iyunga qadar “Oilalarni mustahkamlash oyligi” e’lon qilingan.

Oylik doirasida mahallalar, mehnat jamoalari, o‘quv muassasalarida oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilada farzand tarbiyasi, qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, targ‘ibot aksiyalari, sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga yosh oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun muqaddas qadamjolar bo‘ylab yangi bunyod etilgan majmualarga sayohatlar tashkil etilmoqda.  

“Xalqaro oila kuni” Buxoro viloyatida ham ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Barcha hududlarda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari – yoshlar uchun ibrat maktabi”, “Mening oilam – mening faxrim”, “Yangi O‘zbekistonning baxtli oilasi”, “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am”, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniy va ko‘ngilochar dasturlar, ayollar spartakiadalari, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar natijasi o‘laroq oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, namunali oilalarning tajribalarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

 

Zarif KOMILOV,  

O‘zA