Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib yoshlar taqdirlandi
12:32 / 2022-09-15

Sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Ularni mardlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida kamol toptiradi. Shunga sabab, butun dunyo bo‘ylab sportni rivojlantirishga bo‘lgan intilishlar tobora kuchaymoqda.

Xususan, poytaxtimizda professional chempion sportchilar ishtirokida armrestling sport turi bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi.  

Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi o‘quv kurslari vzvod komandiri leytenant Hurmatillo Madazimov 70 kg vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining yo‘riqchi-qutqaruvchisi kichik serjant Mirabdulla Mirkarimov 80 kgdan yuqori vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA