French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib kitobxonlarning ota-onalari rag‘batlantirildi
15:11 / 2025-09-08

Yangiyer shahrida “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblarining ota-onalariga Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu hujjatlarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktorlarining imzolari o‘rin oldi.

Tashakkurnomalar g‘oliblarning kitobga muhabbat qo‘yishida, muvaffaqiyatga erishishida ota-onalarning namunasi va tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgani uchun taqdim etildi.

"Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichida 10–14 yosh toifasida Fazilat mahallasidan Behruz Abidov, 15–19 yosh toifasida Binokor mahallasidan Madina Mavlonova hamda 20–30 yosh toifasida Navro‘zobod mahallasidan Hilola Dadaboyeva g‘olib deb topilgan edi.

– Farzand yutug‘i hamisha ota-ona uchun cheksiz faxr tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Yosh kitobxon tanlovida qo‘lga kiritilgan g‘alabasi ortidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishimiz, bu tuyg‘uni yanada kuchaytirdi. Qolaversa, ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirof oilamizga quvonch va shodlik olib keldi. Eng muhimi, farzandim kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirib, mustaqil fikrlay olishni o‘rgandi, – dedi g‘olib Madina Mavlonovaning otasi Bahrom Mirzayev.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi g‘oliblarni muborakbod etib, ularning respublika bosqichida ham munosib natijalar ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri