G‘olib kitobxonlar tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi
Fotoreportaj
Nukus shahridagi Yoshlar markazida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning quyi bosqichlarida jami 33 ming 328 nafar yosh kitobsevar qatnashib, ulardan 90 ga yaqini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.
Ishtirokchilar 10-14, 15-19 hamda 20-30 yosh toifalarida o‘zaro bellashdi.
Har bir toifa bo‘yicha g‘oliblar diplom hamda noutbuk, planshet, telefon, kitoblar jamlanmasi kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA