FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti sport zalida akademik litsey hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining voleybol bo‘yicha final bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 150 nafardan ortiq iqtidorli sportchi ishtirok etib, jamoalar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar olib borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-27532]
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA