French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib jamoa xorijga safar qiladi
15:45 / 2024-05-07

FOTOREPORTAJ

Xorazmda “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Muhammadjon Komiljonov hamda viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib, jamoalarga omad tiladi.

Qizg‘in va taassurotlarga boy tarzda kechgan tanlovda Urganch shahridagi 16-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi, Xiva shahridagi 8-umumta’lim maktabi yoshlari ikkinchi, Urganch tumanidagi 23-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egalladi.  

[gallery-17309]

G‘olib jamoalarga tanlov statuetkasi, maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa xorijiy mamlakatda tajriba oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA