Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib gimnastikachilar taqdirlandi
18:15 / 2025-08-14

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasi ikki kun davomida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining badiiy gimnastika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichi bahslariga mezbonlik qildi. Unda ushbu musobaqaning mintaqaviy bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan gimnastikachi qizlar ishtirok etdi. 

Sportchilarning bellashuvga puxta hozirlik ko‘rgani bahslarni yanada qiziqarli va murosasiz  o‘tishini ta’minladi.

[gallery-24765]

Musobaqa yakunida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan ushbu nufuzli bellashuv, eng chekka hudud sportsevarlari orasidan ham mahoratlilarini saralab, yangi yulduzlarni kashf etayotganligini faxr bilan tilga oldi. 

G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi, sport boshqarmasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi viloyat bo‘limi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA