Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib bokschilarimiz tantanali kutib olindi
09:45 / 2022-03-01

Bugun, 1 mart kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida yakunlangan “Stranja” xalqaro turnirida zafar quchgan bokschilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

“Kichik jahon chempionati”nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 37 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 



– 2022 yilni katta muvaffaqiyat bilan boshlaganimiz quvonchli voqea bo‘ldi. Bir qator davlatlar, jumladan Qozog‘iston Ukraina, Rossiya va Bolgariya terma jamoalari ikkita tarkib bilan qatnashgan musobaqada bokschilarimizning peshqadamlik qilishi o‘zbek boksining yetakchilik an’anasi bardavomligidan dalolat. Ammo bunday yutuqlar bilan havolanmasdan kelgusi musobaqalarga, ayniqsa 2024 yilgi olimpiya o‘yinlariga hozirdan tayyorgarlik ko‘rib borishimiz muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi O‘zbekiston boks federatsiyasi ijrochi direktori Shoxid Tillaboyev. 

G‘olib bokschilarimizni kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etdi. 


O‘zA