Golf: “Ipak yo‘li-2025” turnirida hamyurtlarimiz g‘oliblikni tantana qildi
Poytaxtimizdagi golf klubida tashkil etilgan “Ipak yo‘li-2025” xalqaro turnirida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining 8 ta jamoasi uch kunlik bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Qiziqarli kechgan musobaqalar doirasida kelgusida “Ipak yo‘li” turnirining an’anaviy o‘tkazilishini ta’minlash, uch mamlakat vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tashkiliy qo‘mita tashkil etish va musobaqaning yagona reglamentini tasdiqlash maqsadida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston golf federatsiyalari o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Golfning "Scramble", "Four-ball" va "Singles Stroke Play GROSS" formatlarida o‘tgan murosasiz bahslar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. 2-o‘rin Qozog‘iston, 3-o‘rin Rossiya Federatsiyasi vakillariga nasib etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA