Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Golbol va para suzish bo‘yicha O‘zbekistonning eng kuchli jamoalari aniqlandi
12:26 / 2023-12-28

Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida golbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, g‘oliblik Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni esa Surxondaryo viloyati, uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati jamoalari egalladi.

Shuningdek, para suzish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Yigit va qizlar o‘rtasida o‘tgan bahslarning natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida  Andijon hamda Navoiy viloyati sportchilari kuchlilar qatorida e’tirof etildi.  

Musobaqa  so‘ngida g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan medal hamda maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA